Loyihalar

Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish


Havo ifloslanishi sababli barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlari muntazam oshib bormoqda. Bu ko‘rsatkich 7 yil davomida ikki barobarga oshib, 2019-yilga kelib 8.8 mln kishini tashkil etdi.

Havoning ifloslanishi ko‘proq inson faoliyati natijasi sanaladi: sanoat korxonalari, transport, qishloq xo‘jaligi, maishiy chiqindilar. Mintaqamiz tabiatining o‘ziga xos jihatlarining ham o‘rni katta.

Havoning ifloslanishi muammosini hal etish ulkan mehnat talab etadi. Dastlabki asosiy qadamlar quyidagilardan iborat:

• havo sifatini va uning inson salomatligiga ta'sirini nazorat qilish;
• ifloslanish manbalari va darajasini aniqlash;
• mahalliy, mintaqaviy va milliy darajada rejalarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish.

Havoni ifloslantiruvchi asosiy manbalar — uglerod oksidi, azot oksidlari, oltingugurt dioksidi, ammiak, chang. Ularning miqdorini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish va tezlatish uchun Zamin fondi va UNEP ko‘magida monitoring jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha Gidrometeorologik xizmat markazining loyihasi ishga tushirildi.

Loyiha doirasida:
• O‘zgidrometning barcha mintaqaviy laboratoriyalari yagona tizimga birlashtirildi;
• onlayn platforma ishga tushirildi (monitoring.meteo.uz veb-sayti va AirUz mobil ilovasi);
• xalqaro standartlar uyg‘unlashtirildi.

Toshkent shahrida “Horiba” kompaniyasining havoni avtomatik ravishda monitoring qiluvchi ikkita stansiyasi o‘rnatildi va mutaxassislar uchun tegishli o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

2021-yilda loyiha davom ettirilmoqda. O‘zgidrometning jihozlanishini takomillashtirish rejalashtirilgan. Havoni avtomatik ravishda monitoring qiluvchi stansiyalar respublikamizning barcha mintaqalarida o‘rnatilishi kerak.

Tizimning mahalliy va xalqaro axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi davom ettirilmoqda.                                                                                                  Bu ma'lumotdan birinchi navbatda kim foydalanadi?
• Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringi va yuza (tabiiy suv oqimlari) suv, tuproq qismi bo‘yicha – O‘zgidromet; 
• Ifloslanish manbalarini aniqlash va tabiatning ifloslanish darajasini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun – Davlat ekologiya qo‘mitasi;
• Sanitar-gigiyenik normativlarni ishlab chiqishda – Sog‘liqni saqlash vazirligi;
• Tabiat muhiti ekstremal yuqori darajada bo‘lgan hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun – FVV;
• Chiqindi gazlar hajmini kamaytirish uchun transport oqimini optimallashtirish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqish borasida – IIV.