Yangiliklar

Zamin fondi "Chegarasiz bilimlar" loyihasi doirasida oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun grant ajratadi

“Zamin” fondi “Chegarasiz bilimlar” nomli yangi loyiha boshladi va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun grantlar ajratadi.

Grantni to‘lov-kontrakt shaklida o‘qishga kirayotgan yoki kirib bo‘lgan III guruh nogironligiga ega bo‘lgan talabalar qo‘lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, grantni hech bo‘lmaganda bitta oila a'zosi quyidagi toifalarga kiruvchi abituriyentlar va talabalar ham olishlari mumkin: otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi insonlar hamda tug‘ishgan aka/singlisining eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lsa (I-II guruh nogironlari).

Grant tanlov asosida taqdim etiladi. Tanlov asosida saralab olish har o‘quv yili uchun alohida o‘tkaziladi. Grant olgan va o‘quv yilini akademik qarzdorliksiz yakunlagan talabalarga tanlovdan qayta o‘tmasdan, grantni keyingi o‘quv yili uchun ham uzaytirish imkoni taqdim etiladi.

Shartnoma asosidagi ta'lim xarajatlarini to‘lash uchun grant O‘zbekistonda akkreditatsiyaga ega har qanday milliy, xorijiy yoki notijorat OTMlar uchun amal qiladi.

Grantlar miqdori umumiy tasdiqlangan summa doirasida belgilanadi. 2021-22 o‘quv yillari uchun bu summa 300.000.000 so‘mni tashkil etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun to'ldirilgan ariza, anketa va kerakli hujjatlar to'plamini 2021-yil 6-sentabrdan 20-sentabrgacha grant@zaminfoundation.ngo elektron pochta manziliga yuborish kerak.

Batafsil ma'lumot loyiha nizomida taqdim etilgan.