Yangiliklar

"Zamin" xalqaro jamoat fondi va UNICEF o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar

"Zamin" xalqaro jamoat fondi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (UNICEF) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Memorandum bolalarning, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning salomatligini ta'minlash, ularning rivojlanishi va himoyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida imzolandi.

Birgalikda sog'liqni saqlash, ta'lim va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, suv ta'minoti, sanitariya-gigiyena va atrof-muhitni himoya qilish sohalarida inklyuziv dasturlarni amalga oshiriladi.