Yangiliklar

"Zamin Education" sinfi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabda ochildi

"Zamin Education" sinfi – eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun axborot texnologiyalari o‘quv-resurs markazi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktabda ochildi. Loyiha IT-maktab bilan hamkorlikda "Zamin" fondining "Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish" dasturi doirasida amalga oshirildi.

Sinfda eshitish qobiliyati zaif bolalarga ta’lim uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi, darslarni o‘zlashtirishga yordamchi uskuna — FM-tizimi o‘rnatildi va har bir o‘quvchiga individual eshitish apparatlari topshirildi.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 36 nafar o'quvchilari axborot texnologiyalari, grafik dizayn va ingliz tili yo'nalishlarida ta’lim oladilar, o'quv dasturi yakunida amaliy ko'nikmalar va tegishli sertifikatlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga tayyorlanish uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar jamiyatda ijtimoiylashuvning zarur bosqichlaridan o‘tib, ularga moslashish va malakali mutaxassis bo‘lish imkoniyatini beradi.

Ta'lim jarayonidan tashqari, loyiha quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
-   eshitish qobiliyati zaif bolalar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun "Zamin Education" onlayn ta'lim platformasi, uning tarkibida subtitrlar va surdo tarjimali video darslar;
-   nutqni o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan imo-ishora tiliga avtomatik tarjima qilish uchun ilova;
-   ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari sohasidagi malakasini oshirish kursi;
-   ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy etish uchun axborot texnologiyalari, robototexnika va ingliz tillari bo‘yicha o‘quv metodikasi.

"Zamin Education" sinflari respublika bo'ylab barcha viloyatlarda yo'lga qo'yiladi.