Yangiliklar

"Zamin" fondi "Yashil zamin" loyihasining "Yashil himoya" yo'nalishini amalga oshirishga kirishdi

Qurg‘oqchilik, qum va chang bo‘ronlari ta'siriga duch kelayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida yerlar tanazzuli muammosi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan "Zamin" fondi "Yashil zamin" loyihasining "Yashil himoya" yo'nalishini amalga oshirishga kirishdi. Uning asosiy vazifalari: chang va shamoldan himoya to'siqlarini yaratish, qurg‘oqchilikka, suv va shamol ta'sirida yemirilishga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligi yerlari, tuproq, suv havzalari va yo‘llarni himoya qilish. Loyiha qamrab olgan hududning umumiy uzunligi - 175 km.

«Yashil himoya» Sirdaryo viloyatida boshlandi. Bu yerda 39 kilometr uzunlikdagi besh qatorli himoya daraxtzorlari yaratilmoqda. Jami 62 400 ta daraxt ekiladi.