Yangiliklar

“Bolalarning taʼlim olish huquqi: pandemiya davridagi dolzarblik, bardavomlik va innovatsiyalar” mavzusidagi veb-forum sarhisobi

40 mamlakatdan 200 dan ortiq ishtirokchilar 2020-yil 19-noyabrda Jahon bolalar kuni arafasida bo'lib o'tgan veb-forumda pandemiya sharoitida bardavom, inklyuziv va sifatli ta'lim masalalarini muhokama qildilar.

Tadbir "Zamin" xalqaro jamoat fondi, BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, YuNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etildi.

— Bugun biz qabul qilinganini nishonlayotgan BMT bola huquqlari haqidagi Konvensiyada zikr etilgan bolalar huquqlari, albatta, ularning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular shuningdek nafaqat hozir yoki aynan olingan bir joy, balki mamlakatlarimiz va jamiyatlarimiz, qolaversa, butun insoniyat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega, — deya ta’kidlandi BMT Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Moxammadning forum ishtirokchilariga murojaatnomasida.

— Shuni ta’kidlash joizki, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqlardan holi va inklyuziv muhitini yaratish orqali ularning to‘liq va sifatli ta’lim olishini ta’minlash – bola huquqlarini amalga oshirishning samarali yo‘llaridan biridir. Har bir bolaning o‘zligi bor. Bolalar har hil bo‘lgangligi bilan ularning huquqlari teng bo‘lishi lozim. Shu sababli, ta’lim jarayonlarida har bir bola uchun individual yondashuvni topish, hech bir o‘g‘il va qizni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Biz bugun duch kelayotgan muammolarning samarali yechimini topish maqsadida ota-onalar, o‘qituvchilar, davlat idoralari, xususiy sektor, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati faollari, shuningdek, bolalarnig o‘zlari bevosita ishtirok etgan holda yakdillik va tashabbuskorlik bilan harakat qilishlari g‘oyatda muhimdir, — dedi "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

— Jahon bolalar kuni bizga bolalar uchun eng yaxshi dunyoni barpo etish bo'yicha tadbirlarni maqsadli ravishda muhokama qilish va qo'llab-quvvatlash imkoniyatini beradi. Men tashkilotchilarning ushbu muhokamani ta'limga yo'naltirish tashabbusini qo’llab-quvvatlayman. Ta'lim olish huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir. 2015-yil Barqaror rivojlanish kun tartibini qabul qilishda BMTga a'zo davlatlar qashshoqlikni yo'q qilish, munosib mehnat yoki gender tengligi kabi barcha maqsadlarning o'zaro bog'liqligini birinchi o'ringa qo'yishdi. Shu bilan birga, bu yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanlikni ta'minlaydigan va boshqa global maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradigan qashshoqlikdan xalos bo'lish va ziddiyatlarning oldini olishning kalitidir, — deya ta'kidladi BMT Bosh kotibining o'rinbosari, Jenevadagi BMTning Bosh direktori Tatyana Valovaya.

— Koronavirus pandemiyasi, ko'rilgan choralar va o'rganilayotgan saboqlar oldida bizning avlodimiz insoniyat taraqqiyotidagi ta'limning hayotiy o'rnini qayta ko'rib chiqilmoqda. Bu esa raqamli savodxonlik va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiyalarni qayta yo'naltirish, yangi ta'lim shakllarini, shu jumladan an'anaviy va norasmiy ta'lim shakllarini yaratish bo'yicha hayot davomida uzluksiz ta'lim olish imkoniyatini beradigan raqamli texnologiyalar va modernizatsiya qilingan o'quv dasturlarini yaratish bo'yicha qarorlarni qabul qilishga hissa qo'shadi, — BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazining rahbari.

— Jahon bolalar kunida butun dunyo Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganligini nishonlash uchun birlashmoqda. Bu yil, pandemiya paytida, biz har bir bola uchun yanada adolatli va inklyuziv bo‘lish uchun dunyoni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga egamiz. Keling, ta’lim nafaqat asosiy huquq, balki boshqa barcha huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan huquq sifatida bir idrok qilaylik. Hech bir bola ortda qolmasligi uchun mard, innovatsion va jamoaviy harakatlar bilan olg‘a qadam tashlaymiz, — YuNISЕFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy direktori Afshan Xan.

— Bizning fikrimizcha, ta’lim barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida zamonaviy sheriklik aloqalarini o‘rnatishning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim bu yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotimizni o‘zgartirishning asosidir. O‘zbekistondagi yoshlarning ko‘pligini inobatga olgan holda, yanada modernizatsiya qilish va rivojlanish uchun katta istiqbollarni keltirib chiqaradigan ulkan iqtisodiy salohiyat mavjud,Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian.

Tadbir yakuniga ko’ra ishtirokchilar veb-forumning ta'lim sohasida global hamkorlikni kuchaytirish to'g'risida rezolyutsiyasini qabul qildilar.