Yangiliklar

"Mehrli Maktab"da amaliy seminarlar bo’lib o’tdi

"Zamin" fondi, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari "УчимЗнаем" loyihasi bilan hamkorlikda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va "Mehrli Maktab" gospital maktabida kasbiy amaliy seminarlar o‘tkazdi.

Intensiv shakldagi amaliy seminarlarda Nizomiy nomidagi TDPU, Puchon universiteti filiali, Gersen nomidagi RDPU va boshqa oliygohlardan 100 nafarga yaqin o‘qituvchi ishtirok etdi.

"УчимЗнаем" loyihasi pedagoglari uning rahbari Sergey Sharikov boshchiligida uzoq muddat davomida davolanayotgan bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish va gospital maktabda ta’lim muhitini yaratishga bag‘ishlangan uchrashuvlar, mahorat saboqlari va seminarlar o‘tkazdi.  

Gospital pedagogika sohasidagi ilmiy bazani barqaror rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, bakalavriat dasturlariga gospital pedagogika bo‘yicha modul kiritish rejalashtirilmoqda.