Yangiliklar

Onlayn uchrashuv: Ovozlar olamiga sayohat. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun koxlear implantatsiya nima berishi mumkin?

"Zamin" fondi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va MED-EL kompaniyasi mamnuniyat bilan sizni onlayn tarzda bo'lib o'tadigan birinchi interaktiv uchrashuvga taklif qiladi.

Mavzu: Ovozlar olamiga sayohat. Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun koxlear implantatsiya nima berishi mumkin?

Dasturning maxsus mehmoni - professor, psixologiya fanlari doktori, Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi, Sankt-Peterburg bolalar Surdologik markazining reabilitatsiya bo'limi boshlig'i - Koroleva Inna Vasilyevna.
Inna Vasilyevna Koroleva eshitish qobiliyati cheklangan bolalar va kattalarni koxlear implantlar va eshitish vositalari yordamida reabilitatsiya qilish bilan 25 yildan ortiq vaqt davomida shug'ullanib kelmoqda. Shuningdek, I.V. Koroleva 800 dan ortiq ilmiy nashrlarning muallifi va kar bolalarni koxlear implantatsiyadan so'ng reabilitatsiya qilishning "eshitish" uslubining asoschisi hisoblanadi.
Inna Vasilyevna Koroleva koxlear implantatsiya va u eshitish qobiliyati cheklangan bolaga nima berishi mumkinligi haqida so'zlab beradi. U sizning barcha savollaringizga javob berishdan mamnun bo'ladi.

Uchrashuv onlayn tarzda 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Uchrashuvda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting: http://bit.ly/zamin_reg1 
Iltimos, ro'yxatdan o'tish shakli orqali savollaringizni oldindan yuboring.

Ko'rishguncha!