Yangiliklar

"Zamin creative" Toshkentdagi inklyuziv ijod studiyasiga birinchi qabulni amalga oshirdi

"Zamin creative" Toshkentdagi inklyuziv ijod studiyasiga birinchi qabulni amalga oshirdi. 

Badiiy ekspertlar guruhi ijod studyasiga ro‘yxatdan o‘tgan barcha o‘quvchilar bilan tanishib, ularning hammasini qabul qilishga bir ovozdan qaror qildi! 

Iqtidorli, ijodkor, mahoratli, intiluvchan bolajonlar "Zamin creative"da o‘qishini 15-apreldan boshlaydilar.

Ekspertlar guruhi tarkibiga rejissyor Zafar Asqarov, milliy kashtachilik ustasi Madina Qosimboyeva, fotograf Ernest Kurtveliyev, rassom Sharifa Sharifxo‘jayeva hamda Fond vakillari kirdi.