Yangiliklar

"Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 5 yoshdan katta shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish" dasturi doirasida 45 ta operatsiya o‘tkazish rejalashtirilgan

"Zamin" fondi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining "Eshitishida nuqsoni bo‘lgan 5 yoshdan katta shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish" dasturi doirasida 2022-yilda 45 ta operatsiya, shu jumladan koxlear implantatsiya bo‘yicha 39 ta va suyak tovush o‘tkazuvchanligi bo‘yicha 6 ta amaliyotni bajarish rejalashtirilgan. Ular jahonning yetakchi otoxirurglari tomonidan amalga oshiriladi.

Pediatriya markazi shifokorlari operatsiyaga tayyorlik darajasini aniqlash uchun tibbiy diagnostikani amalga oshirdilar. Bugungi kungacha taniqli otoxirurg Vladislav Kuzovkov tomonidan 15 ta operatsiya o‘tkazildi.

Bunday amaliyotlar yo‘qotilgan eshitish qobiliyatini qayta tiklashga va insonning jamiyatda moslashishiga xizmat qiladi.