Yangiliklar

"Zamin" fondi "Nafas ol, O'zbekiston!" aksiyasini qo'llab-quvvatladi

"Zamin" fondi "Nafas ol, O'zbekiston!" aksiyasini qo'llab-quvvatladi va COVID-19 tashxisi bor bemorlarni davolash uchun tibbiyot anjomlari va kislorod kontsentratorlarini 29 iyuldan 9 avgustgacha bo'lgan davrda yetkazib berdi. 1035 ta kislorod kontsentratorlari, 6060 ta burun kanulalari, 1010 ta havo filtrlari, 1010 ta pulsoksimetrlari, tibbiy niqoblar va himoya vositalari O'zbekistonning barcha viloyatlari tibbiyot muassasalariga yetkazildi. Ulardan 132 ta kislorod kontsentratorlari Muruvvat va sahovat uylariga o'rnatildi, 55 tasi "Xizmat beminnat" ko'ngillilar harakatiga foydalanishga topshirildi. Shaffoflikni ta'minlash maqsadida har bir kislorod konsentratori fond logotipi va maxsus raqam bilan belgilangan.

Fond loyihani amalga oshirishda ko'rsatgan yordami uchun hamkorlarga minnatdorchilik bildiradi:
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi,
Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi,
"Xizmat beminnat" ko'ngillilar harakati,
"Uzbekistan Airways" AJ,
"My Freighter" MChJ ,
Vatanimizning loyihani qo'llab-quvvatlagan barcha fuqarolari.