Yangiliklar

"Zamin" fondi Sirdaryo viloyatida besh qatorli himoya o‘rmonzorlarini barpo etish uchun daraxt ko‘chatlarini ekishda ishtirok etdi

"Zamin" fondi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida besh qatorli himoya o‘rmonzorlarini barpo etish uchun daraxt ko‘chatlarini ekishda ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan tanlangan daraxtlar biologik chidamli bo‘lib, mahalliy tabiat sharoitlariga mos keladi. Qayrag‘och va oq qayin hamda yapon saforasi va tut daraxtlarining yirik shox-shabbali turlari shamollarga dosh berib, changni ushlab qoladi.

Bu kabi yashil to‘siqlarning yaratilishi hosildorlikning salmoqli oshishiga ko‘maklashadi, ekin yerlarini asrab qolish imkonini beradi.