Yangiliklar

Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturi: yordamchi uskunalar

Yordamchi uskunalar eshitish qobiliyati zaif o'quvchilarga rivojlanish va jamiyatda faol qatnashish uchun sifatli ta'lim olish imkoniyatini beradi.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish dasturi doirasida "Zamin" fondi ixtisoslashtirilgan maktablarni yordamchi uskunalar bilan jihozlash komponentini boshladi va 101-sonli eshitish qobiliyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga boshlang'ich sinflar uchun zarur jihozlarni taqdim etdi.



Ta'lim jarayonida foydalanish uchun guruh darslariga mo'ljallangan audio sinflar, individual darslarga kerakli nutq simulyatorlari, bolalar diagnostikasi uchun audiometrlar va majlislar zalida statsionar induksion kuchaytirgichlar o'rnatildi.