Yangiliklar

23-sentabr — Xalqaro imo-ishora tillari kuni

Bugun 23-sentabr — Xalqaro imo-ishora tillari kuni.
Imo-ishora tillari so'zlashuv tillariga teng bo'lgan to'liq tabiiy tillardir. Ular atrofdagilar bilan muloqot qilishga yordam beradi.

"Zamin" fondi imo-ishora tillarini keng tatbiq etilishini qo'llab-quvvatlaydi va O'zbekistondagi eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun 18 ta ixtisoslashgan maktablarda o'qituvchilar va ota-onalar uchun imo-ishora tiliga oid ta'lim loyihasini boshlamoqda. Shunday qilib, bolalar o'qituvchilar va ota-onalar bilan birgalikda to'siqsiz muloqot qilish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.